AsosiyJamiyat

Deputat Doniyor G`aniyev "zapret"ga tushdimi?

'Deputat Doniyor G`aniyev "zapret"ga tushdimi?'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor  G‘aniyevning maʼlum qilishicha, sal avval unga davlat telekanallarida “zapret”ga tushgani haqida xabar berilgan:

"Bugun Yashnobod tuman pasport stolida MTRK kanallaridan birida ishlovchi jurnalist bilan tasodifan uchrashib qolib, u bilan o‘tgan oy yo‘l harakati qoidabuzarliklarini fuqarolar tomonidan telefonlar orqali qayd etish masalasida munosabat bildirib, bergan intervyum haqida so‘ragandim.

Shunda jurnalist qiz intervyu efirga uzatilmaganini, buning sababi sifatida esa u ishlaydigan kanalda men “zapret”da ekanligim bilan izohladi".

Shundan so‘ng, deputatning ushbu xabari turli bahs va muhokamalarga sabab bo‘ldi va keyinchalik vaziyat bunday emas ekanligi maʼlum bo‘lgan. 

"Ochig‘i bu gapdan o‘zim ham hayron bo‘lib, ishonmadim. Lekin jurnalist aytgan gapdan ham ajablanib, ham ishonmay,  Twitterda bu voqea haqida hazilomuz tarzda yozgandim. Bundan xabar topgan MTRK maʼsullari bog‘lanib, menga nisbatan hech bir kanalda rasmiy yoki norasmiy “zapret” yo‘qligini hamda men gaplashgan jurnalist noto‘g‘ri va yolg‘on maʼlumot berganini maʼlum qildilar. Isbot sifatida, shu oyning o‘zida "O‘zbekiston 24" kanalida bir nechta intervyularim efirga ketgani aytildi.

Haqiqatdan, shaxsan davlatimiz rahbari tomonidan so‘z erkinligi rag‘batlantirilib, OAV bilan erkin muloqotlar yo‘lga qo‘yilayotgan bugungi kunda eskilik sarqiti bo‘lmish “zapret”larga jamiyatimizda o‘rin yo‘q, deb bilaman.

Tasdiqlanmagan va rasmiy maʼlumotga asoslanmagan holda o‘ylamay yozgan tvitim orqali kimlardadur noto‘g‘ri fikr yoki xulosa shakllanishiga sababchi bo‘lgan bo‘lsam , yana bir bor uzr so‘rayman", - deb yozib qoldirdi G‘aniyev. 

Boshqa yangiliklar