1

Fransiya prezidenti Rossiya va Turkiya o`rtasida nizo chiqish xavfi borligi haqida ogohlantirdi

Dunyo 20.02.2016, 11:20
Fransiya prezidenti Rossiya va Turkiya o`rtasida nizo chiqish xavfi borligi haqida ogohlantirdi

Fransiya prezidenti Fransua Olland Suriyadagi vaziyat tufayli Rossiya bilan Turkiya o`rtasida urush chiqish xavfi yuqoriligini bildirdi, deya xabar berdi “lenta.ru” nashri.

Uning aytishicha, Moskva Arab Respublikasi prezidenti Bashar Asadni qo`llab-quvvatlashni bas qilishi lozim. Xalqaro hamdo`stlik jamiyati Moskva va Anqara o`rtasida ro`y berishi kutilayotgan qarama-qarshilikning oldini olishi kerak. “Turklar o`zlari bo`lishi kerak bo`lmagan joyda jangovor harakatlar o`tkazmasligi kerak, Rossiya esa terrorchilikka qarshi kurashish niqobi ostida Bashar Asad tuzumini himoya qilmasligi zarur.

Suriya inqirozini tinch yo`l bilan hal qilish, bombardimon qilishni to`xtatib, ularga gumanitar yordam berish lozim”, deya ta`kidladi Fransua Olland.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1