AsosiyJamiyat

Namanganda "naushnik" taqib yurgan yigitni poezd urib ketdi

'Namanganda "naushnik" taqib yurgan yigitni poezd urib ketdi'ning rasmi

Joriy yil 21 mart kuni soat 11:40 larda, Namangan shahar Davlatobod tumani Elabod mahallasidan o`tgan Rovuston-Namangan temir yo`l oralig`ining 88 km. 6-piketida, Rovuston bekatidan-Namangan bekatiga harakatlanib ketayotgan, Qo`qon lokomativ deposi mashinist bo`lib ishlovchi, Farg`ona viloyatida yashovchi, 1972 yilda tug`ilgan fuqaro teplovozni 6 dona vagon bilan boshqarib ketayotgan vaqtida, kuloqchindan foydalangan holda temir yo`l izidan ketayotgan, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 2002 yilda tug`ilgan fuqaroni urib yubordi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Natijada, fuqaro bosh miya lat eyishi, jag` suyagini sinishi, o`ng qo`li lat eyishi tashxisi bilan RShTYoIM Namangan filialiga yotqizilgan.

Ushbu holat bo`yicha Namangan viloyat IIB Transportda XTB TG tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar