AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar yana qayd etila boshlandi

'O`zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar yana qayd etila boshlandi'ning rasmi

2021 yil 23 mart holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 81678 (+119) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi  Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari  Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 1 nafari  Andijon viloyatida,
  • 4 nafari  Buxoro viloyatida,
  • 1 nafari  Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari  Namangan viloyatida,
  • 1 nafari  Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari  Farg`ona viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 13 nafari Toshkent viloyatida,
  • 93 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek,  1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 623 nafarga etdi.

    Boshqa yangiliklar