AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev bugun videoselektor yig`ilishi o`tkazadi

'Shavkat Mirziyoev bugun videoselektor yig`ilishi o`tkazadi'ning rasmi

darakchi.uz manbasining ma`lum qilishicha, bugun, 24 mart kuni O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev videoselektor yig`ilishi o`tkazadi.

Qayd qilinishicha, Prezident "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini moliyalashtirish hajmini oshirish niyatida. Aniq raqamlar bugungi videoselektor yig`ilishida ma`lum bo`ladi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bir necha milliard dollar bo`lishi mumkin. Jumladan, qariyb 3 ming kilometr ichki yo`llarni ta`mirlash, 4 ming kilometr ichimlik suvi tarmoqlarini qurishga mablag` ajratiladi. 60 foiz mahallalarda elektr energiyasi ta`minotini yaxshilash maqsadida 15 ming kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 4 mingdan ortiq transformatorlar yangilanadi. Keyingi bir necha yilda bunday hajmdagi ishlar O`zbekistonda hali amalga oshirilmagan.

    Boshqa yangiliklar