AsosiyJamiyat

O`zbekistonda vaksinasiya 1 apreldan boshlanadi

'O`zbekistonda vaksinasiya 1 apreldan boshlanadi'ning rasmi

O`zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash 1 apreldan boshlanadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o`rinbosari Nurmat Otabekov Zamon dasturiga bergan intervyusida ma`lum qildi.

«O`zbekistonda koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 1 apreldan boshlanadi. Aynan mana shu olib kelingan vaksina bilan 330 ming odamni 2 marotaba emlab olishimiz kerak. Buning uchun vaksinalarning isrofgarchiligiga yo`l qo`masdan, o`sha vaksinani ochgan paytda to`liq ishlatishimiz, qolaversa, birlamchi bo`g`in tibbiyot tizimini yangi vaksina bilan emlash ishlariga tayyorgarlik nuqtai nazaridan biz bu vaqtni belgilaganmiz», — dedi Nurmat Otabekov.

    Boshqa yangiliklar