Bu haqda Sputnik. Dushanbe shahri davlat hokimiyati ijroiya qo`mitasi xabariga tayanib ma`lum qildi.
Tashrif doirasida Ortiqxo`jaev Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali bilan uchrashgan. Uchrashuv chog`ida ikki mamlakat poytaxtlari o`rtasidagi o`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.
“Shahar boshqaruvi va infratuzilmani rivojlantirish sohasida mustahkam aloqa o`rnatish va tajriba almashish, hamkorlik loyihalari va madaniy-gumanitar aloqalar dasturlarini amalga oshirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi”, -deyilgan xabarda.
Shuningdek, Toshkent hokimi “Siyoma” yaxna ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonaga borgan.
Eslatib o`tamiz, Emomali Rahmonning to`ng`ich o`g`li, Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali 2019 yil dekabrida Toshkentga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida Toshkent shahar hokimi bilan uchrashib, prezident Shavkat Mirziyoev qabulida bo`lgan.






