AsosiyJamiyat

“Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun milliy va xalqaro hamkorlar nominasiyalari e`lon qilindi

'“Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun milliy va xalqaro hamkorlar nominasiyalari e`lon qilindi'ning rasmi

“Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov doirasida quyidagi milliy hamkorlar ham nominasiyalari bo`yicha g`olib aniqlanadi:

  • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  O`zbek tilini rivojlantirish jamg`armasi:

“Davlat tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi material uchun”(bosma OAV, televidenie,  internet yo`nalishlari bo`yicha)

  • O`zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi:

“Energiya samaradorligi — zamonaviy energetika sohasini rivojlantirish lokomotivi” mavzusiga bag`ishlangan eng yaxshi material uchun

  • «LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani»MChJ

“Investisiya — neft va gaz sohasini rivojlantirishning asosiy mexanizmi” mavzusiga bag`ishlangan eng yaxshi material uchun

Xalqaro  hamkorlar:

Evropa Ittifoqining O`zbekistondagi delegasiyasi:

️  “COVID-19ning O`zbekistonga  ta`siri” mavzuidagi eng yaxshi material uchun;

️ “O`zbekistonda xalqaro huquq me`yorlarining  implementasiyasi”

  • Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti

“Terrorizmga olib boruvchi zo`ravonlik ekstremizmi, radikallashtirishning oldini olishga qaratilgan harakatlar yoritilgan  eng yaxshi material uchun”.

  •  Xitoy Xalq Respublikasining O`zbekistondagi elchixonasi

️“Xitoy-O`zbekiston  ikki tomonlama hamkorligining samaralari haqidagi eng yaxshi material  uchun”;

️ “Xitoy to`g`risidagi eng yaxshi material uchun”.

  •  Amerika Qo`shma Shtatlarining O`zbekistondagi elchixonasi

AQSh-O`zbekiston diplomatik munosabatlari yoritilgan eng yaxshimaterial uchun.

  • Germaniya tashqi ishlar vazirligining «Yashil Markaziy Osiyo» dasturi

«Iqlim o`zgarishining O`zbekiston ekologiyasiga ta`siri masalalari bo`yicha eng yaxshi material»  

️Materiallarni O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, “Oltin qalam” Milliy mukofoti uchun  xalqaro tanlovning ishchi guruhiga (manzil: Toshkent 11, Navoiy ko`chasi, 30 uy) taqdim eting.  

Bog`lanish uchun telefonlar: (71) 244-64-61, 244-37-87.

    Boshqa yangiliklar