AsosiyJamiyat

Facebook’da Shavkat Mirziyoev nomidan akkaunt ochib, millionlarni o`zlashtirgan erkak qo`lga olindi

'Facebook’da Shavkat Mirziyoev nomidan akkaunt ochib, millionlarni o`zlashtirgan erkak qo`lga olindi'ning rasmi

IIV Tezkor – qidiruv hamkorligi boshqarmasining ma`lum qilishicha, noma`lum shaxs O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev nomidan “Facebook” ijtimoiy tarmog`ida elektron manzili bo`lgan soxta profil ochgan holda fuqarolar bilan muloqotga kirishganligi aniqlangan. U fuqarolar bilan muloqot jarayonida o`zini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari deb tanishtirib, tarmoq foydalanuvchilariga turli masalalarda ayniqsa uy-joy va bank kreditlari ajratish bo`yicha amaliy yordam ko`rsatilishini va`da qilib, aldab fuqarolardan 50 ming so`mdan 1,5 mln. so`mgacha bo`lgan pul mablag`larini bank plastik kartasiga tushirgan holda o`zlashtirib, firibgarlik yo`li bilan talon-toroj qilgan.

Olingan tezkor ma`lumotlar natijasida, 2021 yil 5 fevral kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahri hududida tezkor-texnik qidiruv tadbirlari o`tkazilib, ushbu noqonuniy harakatlarni  Chirchiq shahar 3-kichik tumanida vaqtincha yashovchi 1982 y.t., M.M. sodir etganligi aniqlanib, telefon qurilmasi ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Fuqaro M.M. ga nisbatan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar