Ijtimoiy tarmoqda "GAI xodimi va ayol o`rtasida tortishuv" sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.
IIV YHXBB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, joriy yilning 21 mart kuni soat 12:10 larda, Samarqand viloyati, Kattaqo`rg`on tumani, A.Navoiy ko`chasida, bozor ro`parasida YPX xodimlari M.Nurmatov va F.Davronovlar tomonidan "Vaz-2102" rusumli avtomobil to`xtatilgan.
Haydovchi me`yoriy hujjatlari ayolida ekanligini ma`lum qilgan. Xodimlar o`rnatilgan tartib asosida haydovchiga tushuntirish berib, avtomobil jarima maydonchasiga joylanishini aytishgan.
Muloqot vaqtida bir ayol kishi bozordan chiqib, ularning oldiga kelgan. Xodimlarga haydovchining hujjatlari unda ekanligini aytib, faqat ko`rsatishini, lekin taqdim qilmasligini ma`lum qilgan. O`zaro muloqot nizoli vaziyatga aylanishini oldini olish maqsadida, xodimlar ayol kishiga hujjatlarni taqdim qilishini bir necha marotaba so`ragan. Atrofga fuqarolar to`planib, nizoli holat yuzaga kelishni boshlagani bois xodimlar haydovchi va yonidagi ayol kishi ketishiga ruxsat berishgan.
Video lavhadagi holat yuzasidan hozirda Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






