AsosiyJamiyat

Senat raisi AQSh Kongressi Xotin-qizlar kokusi vakillari bilan onlayn uchrashuv o`tkazdi

'Senat raisi AQSh Kongressi Xotin-qizlar kokusi vakillari bilan onlayn uchrashuv o`tkazdi'ning rasmi

2021 yil 23 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaevaning AQSh Kongressi Xotin-qizlar kokusi vakillari bilan onlayn uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Unda Oliy Majlis Senati a`zolari, O`zbekiston Respublikasining AQShdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi J.Vaxabov, Puerto-Rikoning Kongressdagi vakili, AQSh Vakillar palatasining transport va infratuzilma, ilm-fan hamda texnologiyalar va tabiiy resurslar bo`yicha qo`mitalari a`zosi J. Gonsales-Kolon, Vakillar palatasining sud ish yurituvi, milliy xavfsizlik va byudjet masalalari bo`yicha qo`mitalari a`zosi Sh.Jekson Li, Vakillar palatasining tashqi ishlar, byudjet va ta`lim hamda mehnat masalalari bo`yicha qo`mitalari a`zosi I. Omar ishtirok etdi.

Muloqot davomida so`nggi yillarda ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarilgani ta`kidlandi. Tomonlar O`zbekiston va AQSh o`rtasidagi parlamentlararo aloqalarni kengaytirish va chuqurlashtirish, tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar. Ta`kidlanganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning AQShga tarixiy tashrifi tufayli parlament a`zolarining ikki tomonlama muloqoti faollashdi.

Tomonlar O`zbekiston va AQSh o`rtasidagi savdo-iqtisodiy, moliyaviy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta`kidladilar.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollariga, davlatlar o`rtasidagi parlamentlararo o`zaro aloqalarni rivojlantirishga yuqori baho berildi.

Amerika tomoniga O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar to`g`risida batafsil ma`lumot berildi.

Kongressvumenlar fikricha, O`zbekistonda xotin-qizlarning mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotida to`liq hamda teng ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

AQSh tomoni Markaziy Osiyo mamlakatlari ayol rahbarlari bilan muloqotni yo`lga qo`yishda O`zbekistonning etakchi rolini olqishladi. Bu xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish sohasida mintaqaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar