Mamlakatimiz hududida koronavirusning keng tarqalishi va keskin epidemiologik holat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida ba`zi choralar belgilandi. Bu haqda SSV Axborot xizmati xabar berdi.
Xususan, joriy yilning 24 martidan boshlab jamoat joylarida, shu jumladan, yirik dehqon bozorlari va savdo majmualarida (supermarket, gipermarket va boshqalarda) tibbiy niqobdan va antiseptik vositalardan foydalangan holda harakatlanish bo`yicha sanitariya-gigiena talablariga qat`iy rioya etilishi bo`yicha nazorat kuchaytirildi.






