AsosiyJamiyat

Andijondan piyoda yo`lga chiqqan sirdaryoliklar Qoraqalpog`istonga etib bordi

'Andijondan piyoda yo`lga chiqqan sirdaryoliklar Qoraqalpog`istonga etib bordi'ning rasmi

Sirdaryolik ikki yurtdoshimiz "Sog`lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Prezident Farmonini aholining turli qatlamlari orasida keng targ`ib etish maqsadida mamlakatimiz bo`ylab piyoda yurib chiqishga ahd qilishgan edi.

15 fevral kuni Andijon shahridan yo`lga chiqqan sayxunobodlik To`lqin Usmonov va Eldor Jo`raevlar yo`l-yo`lakay Andijon, Farg`ona, Namangan, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahri, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro va Xorazm viloyatlarini ortda qoldirgan holda so`nggi manzil – Qoraqalpog`iston Respublikasiga ham etib borishdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.

Ular yo`l-yo`lakay Qoraqalpog`iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tasarrufidagi Beruniy tuman jismoniy tarbiya va sport bo`limi tashabbusi bilan tashkil etilgan «Sog`lom hayot sari 5 000 qadam» aksiyasida ham qatnashdi. Loyiha doirasida tuman yoshlari faol ishtirok etdi. Beruniy shahridagi «Xalqlar do`stligi» ko`chasi bo`ylab tashkil etilgan ommaviy yurish tadbirida yoshlar bilan birga tuman sektor rahbarlari, qolaversa hokim o`rinbosarlari ham «Sport – sog`liq garovi» deya yurishni boshladi.

Sirdaryolik ikki azamat 35 kun deganda Qoraqalpog`iston Respublikasi markazi – Nukus shahriga etib borishdi. Qay manzilda bo`lmasin sayxunobodlik yigitlar To`lqin Usmonov va Eldor Jo`raev mahalliy aholi tomonidan xush kayfiyat bilan kutib olinmoqda.

Bugun ular so`nggi manzil – Mo`ynoq shahriga etib borishadi.

Boshqa yangiliklar