AsosiyJamiyat

Ipoteka, "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari va ijtimoiy soha ob`ektlarini qurish uchun 31,5 trln so`m mablag` ajratiladi — Prezident

'Ipoteka, "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari va ijtimoiy soha ob`ektlarini qurish uchun 31,5 trln so`m mablag` ajratiladi — Prezident'ning rasmi

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoev «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini joriy yilda amalga oshirish masalalariga doir videoselektor o`tkazmoqda. Unda ma`lum qilinishicha, Ipoteka, "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari va ijtimoiy soha ob`ektlarini qurish uchun 31,5 trln so`m mablag` ajartiladi.

"Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarning 70 foizi uy-joy bilan bog`liq masalalar.

27 yil davomida odamlar uchun uy-joylar qurilmagani juda katta muammolarning yig`ilishiga sabab bo`lgan. Odamlarning uy olishga imkoniyati bo`lmagan. Bizda qurilish industriyasi ham yo`qolib ketgandi. Biz odamlarning mana shu ijtimoiy muammolarini hal qilish uchun eng og`ir inqirozli yildan chiqsak ham ipoteka, "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari va ijtimoiy soha ob`ektlarini qurish uchun 31,5 trln so`m mablag`, ya`ni 3 mlrd 50 mln AQSh dollari ajratyapmiz. Faqat bu katta mablag` ehtiyojlar o`rganilgan holda, loyiha asosida odamlar hayotini yaxshilash uchun halol, pok etkazilishi kerak. Eng muhimi, bu mablag`lar tashqi qarzimiz ko`paymagan holda ajratilyapti", - dedi davlat rahbari. 

 Yig`ilish davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar