Avval xabar bergаnimizdek, ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoev «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini joriy yilda amalga oshirish masalalariga doir videoselektor o`tkazmoqda.
Yig`ilishda ma`lum qilinishicha, tarixda birinchi marta qishloq va mahallalarda 9 ta yo`nalishda aholi sharoitini yaxshilash uchun jami 21 trillion so`m yo`naltiriladi. Bu borada Prezident Samarqand viloyati Payariq tumani muammolarini tilga olib o`tdi:
"Katta yo`l yoritib qo`yiladi, orqadagi, ichki ko`chalar esa qorong`u bo`lib yotadi. Odamlarga teng sharoit yaratish kerak.
Tumanda 145 kilometr yo`llar, 1 ming kilometr elektr tarmog`i, 250 ta transformator va 54 kilometr ichimlik suvi tizimi yaroqsiz, 26 ta maktab, 17 ta bog`cha, 4 ta qishloq oilaviy shifokor punkti ta`mirtalab.
Ishsizlar soni 9 mingdan ortiq. «Temir daftar»ga mingta oila, «Yoshlar daftari»ga 6 ming nafar va «Ayollar daftari»ga 2 ming 200 nafar aholi kiritilgan.
Payariq tumanining 56 ta qishlog`ida uzoq yillar yig`ilib qolgan muammolarni hal qilish uchun 83 milliard so`m mablag` yo`naltiriladi.
Umuman, Samarqandning qishloq va shahar mahallalarining infratuzilmasini yaxshilash va aholi bandligini ta`minlash uchun jami 1,6 trln so`m ajratish belgilandi", - dedi davlat rahbari.