AsosiySiyosat

Ochilboy Ramatov 30 trillion so`mlik loyihalar ijrosiga javob beradi

'Ochilboy Ramatov 30 trillion so`mlik loyihalar ijrosiga javob beradi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari ijrosiga qaratilgan videoselektor  bo`lib o`tmoqda. Yig`ilishda Prezident Respublika bo`yicha boshlanishi kutilayotgan qurilish muddatlari masalalariga to`xtalib, bu bo`yicha mas`ullarga topshiriqlar berdi.  

“Darakchi” muxbirining xabar qilishicha, Prezident topshirig`iga ko`ra, Bosh vazirning birinchi o`rinbosari Ochilboy Ramatov viloyat hokimlari bilan birga, 10 kun muddatda dasturga kiritilgan barcha qishloq va mahallalarda qurilish ishlari boshlanishiga mas`ul bo`ladi.

“Umuman olganda, Ramatov bu boradagi ishlarni 11 trillion so`mlik ipoteka dasturlari ijrosini ta`minlash bilan birga tashkil etib, jami 30 trillion so`mlik loyihalarni yakuniga etkazishga shaxsan javob beradi”, - dedi davlat rahbari.  

Shuningdek, viloyat, tuman va shahar hokimlariga loyiha-smeta hujjatlarisiz qurilish ishlarini boshlash man etildi.

Mavzuga doir:

"Ichki yo`llari qorong`u, 9 mingdan ortiq ishsiz, maktab, suv, elektr..." Prezident Payariq tumani muammolarini tilga olib o`tdi

Haqiqiy obod mahallada “temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlari bo`lmasligi lozim — Prezident

Prezident Farg`ona, Namangan va Chirchiq shaharlari sektor rahbarlari haqida gapirdi

    Boshqa yangiliklar