1

Germaniya kansleri Angela Merkel kartoshka-fri eyish uchun Evroittifoq sammitini tark etdi

Dunyo 20.02.2016, 18:38
Germaniya kansleri Angela Merkel kartoshka-fri eyish uchun Evroittifoq sammitini tark etdi

Germaniya kansleri Angela Merkel 19 fevral kuni Bryusselda bo`lib o`tgan  Buyuk Britaniyaning Evroittifoqdagi taqdiri haqidagi muzokaralarning tanaffus paytida fast-fud bilan ovqatlanishga qaror qildi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.

Taniqli siyosatchi muzokaralardan so`ng rejalashtirilgan rasmiy kechki ovqatni kutib o`tirishga toqat qilmagan. Mazkur kechki taom 20:00 ga mo`ljallangan edi.

Merkel o`z yordamchilari bilan Maison Antoine nomli kafega yo`l olgan. Merkel o`ziga andalus sousli kartoshka-fri sotib olgan. Odatda bunday turdagi fast-fud pomidor, mayonez va murch bilan birgalikda beriladi.

Guvohlar Germaniya kanslerining oddiy odamlardek ko`chadan fast-fud sotib olib, eyayotganini video va fotosuratga tushirib, internetga joylagan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1