AsosiyJamiyat

Turizm sohasidagi innovasion loyihalar tanlovi g`oliblari aniqlandi

'Turizm sohasidagi innovasion loyihalar tanlovi g`oliblari aniqlandi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidentining 2020 yil 28 maydagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta`sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo`llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlar to`g`risida”gi 6002-son farmoniga ko`ra, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MChJ bilan hamkorlikda “ Tourism. The path to innovation” tanlovi yakuniy bosqichga etkazildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi Axborot xizmati xabar berdi.

Tanlov g`oliblari Navro`z bayrami doirasida mukofotlandi. 

Ta`kidlash joizki, turizm sohasidagi startap-loyihalar va innovasion biznes g`oyalarni, shu jumladan, birinchi navbatda sayyohlar uchun qulayliklar yaratishga yo`naltirilgan axborot dasturlari va xizmatlarini umumiy 1,5 milliard so`m miqdorida qisman subsidiyalash belgilangan. Tanlov maxsus komissiyasi xulosasiga muvofiq, “ Tourism. The path to innovation” tanlovga taqdim etilgan startap-loyihalar orasidan 7 loyiha qo`llab-qo`vvatlash maqsadida saralab olindi. “Travelcars.Online” - 150,0 mln so`m; “Yulda.uz” - 100,0 mln so`m; “Uzbekistan For Kids”   - 50,0 mln so`m; “O‘zbek milliy taomlari tayyorlanishi” - 40,0 mln so`m; “Guide Me” - 150,0 mln so`m; “Travel-job.uz” - 80,0 mln so`m; “Cooking Studio Said Mahalla” - 130,0 mln so`m. 

Tanlovni o`tkazish to`g`risidagi Nizomga muvofiq, startap-loyiha tashabbuskorlaridan hujjatlar 2020 yilning oktyabr-noyabr oylarida qabul qilinib, ularning umumiy soni 217 tani tashkil qilgan. Tanlov komissiyasi Ishchi organi tomonidan tanlov talablari va loyihaning turizm sohasiga taalluqli ekanligi inobatga olingan holda, 101 loyiha saralab olingan hamda 2021 yilning yanvar oyida 18 loyiha tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etgan.  G`olib deb topilgan startap-loyihalarni qisman moliyalashtirish uchun 700,0 mln. so`m miqdorida mablag` ajratildi va Qo`mita hamda Vazirlik tomonidan startap-loyiha tashabbuskorlarini taqdirlash ishlari tashkil etildi. Bundan tashqari, startap-loyihalar tashabbuskorlari uchun “Tourism. The path to innovation” tanlovi doirasida yangidan tanlov e`lon qilinishi va Nizomda belgilangan talablar asosida 800,0 mln. so`m mablag` miqdorida loyihalar moliyalashtirilishi rejalashtirilgan. 

    Boshqa yangiliklar