AsosiyJamiyat

Toshkent aeroportida kumushni “yashil” yo`lakdan olib o`tishga bo`lgan urinish fosh bo`ldi

'Toshkent aeroportida kumushni “yashil” yo`lakdan olib o`tishga bo`lgan urinish fosh bo`ldi'ning rasmi

Bojxona organlari tomonidan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirishga bo`lgan urinish fosh qilindi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati xabar berdi. 

Xususan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys bilan uchib kelgan fuqaro X.N.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxs o`rnatilgan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.

Natijada, uning yuklari orasida bojxona nazoratidan yashirilgan hamda jismoniy shaxslar uchun belgilangan bojxona to`lovlarisiz olib kirish me`yoridan ortiq bo`lgan umumiy qiymati 13,6 mln. so`mlik 550 gr. kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar