AsosiyJamiyat

Samarqandda bir guruh shaxslar MIB xodimlarini yog`och va toshlar bilan kaltakladi (video)

'Samarqandda bir guruh shaxslar MIB xodimlarini yog`och va toshlar bilan kaltakladi (video)'ning rasmi

Urgutda noqonuniy savdo do`konini buzilishiga qarshilik qilganlar, ijro uchun kelgan MIB xodimlarini kaltakladi. Bu haqda Zamon informasion dasturi xabar bermoqda. 

“Do`konni ichidan keraksiz narsalarini chiqarishni boshladik, o`shanda bir fuqora kelib, boshqa aholi bilan jiddiy qarshilik ko`rsata boshladi” deydi MIB xodimi.

Qonunlarga bo`ysunishni istamagan do`kon egasi qishloqdosh va yaqin qarindoshlarini chaqirib, kuch ishlatishga o`tib ketadi. Shu bilan birga ularni xizmat kiyimlarini yirtib ularni haqoratlagan. 

O`sha kuni bo`lgan voqeadan sng xodimlarning biri kaltaklar zarbidan o`ta og`ir jarohat olgan. 

Ayblanuvchi esa qilgan qilmishidan afsusda, jar ko`rganlardan kechirim so`ramoqda. 

Davlat xizmatchilarini do`pposlagan ikki ayblanuvchi sud zalidan qamoqqa olindi. 

 

    Boshqa yangiliklar