AsosiyDunyo

Oxirgi sutka davomida dunyoda 461 ming nafarga yaqin yangi kasallanish holati qayd etildi

'Oxirgi sutka davomida dunyoda 461 ming nafarga yaqin yangi kasallanish holati qayd etildi'ning rasmi

JSST ma`lumotlariga ko`ra, oxirgi sutka davomida dunyoda 461 ming nafarga yaqin yangi kasallanish holati qayd etildi.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 123 million 902 ming nafardan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 727 ming nafardan ziyod kishi vafot etgan (24.03.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 14:41 holatiga ko`ra).  

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 461 606 yangi holati aniqlandi, 8 363 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (25.03.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 08:33 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 124 million 703 ming nafardan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 743 ming nafardan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 29,592 million nafardan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Braziliya (12,047 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Hindiston (11,734 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (4,483 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (4,307 milliondan ortiq).  

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 55 668, Braziliyada 49 293, Hindistonda 47 262, Rossiyada 8 861, Buyuk Britaniyada esa 5 379 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar