1

Olimlar: Insoniyat yangi halokat yoqasida turibdi

Dunyo 20.02.2016, 20:44
Olimlar: Insoniyat yangi halokat yoqasida turibdi

Sun`iy yo`ldoshlar orqali yuboriladigan ma`lumotlarni o`n yil mobaynida o`rgangan olimlar shunday xulosaga kelishdi: butun dunyodagi quruq hududlar yanada quruqlashib, nam ob-havo sharoiti hukm suradigan hududlar yanada namroq bo`lib bormoqda.

Suv — bu neft yoki oltin kabi yana bir tabiiy boylik. “Suv bilan bog`liq tengsizlik” insoniyat uchun katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, deb yozadi “Vesti”.

“Bizning tadqiqotlarimiz shuni ko`rsatdiki, dunyoning turli mamlakatlarida suvdan foydalanish bir xil darajada emas”, — deydi tadqiqot mualliflaridan biri.

"Agar qo`limizdagi ma`lumotlarni avvalgilari bilan taqqoslasak, insoniyat suv bilan bog`liq katta halokat sari yaqinlashmoqda. Biroq bunga hech kim e`tibor bermayapti va hech qanday chora-tadbir ko`rilmayapti”, —deydi u fikrlarini davom ettirib.

Er yuzidagi ob-havo borgan sari isib bormoqda. Bu esa qurg`oq hududlarning yanada qurib ketishiga olib keladi. Ularning bora-bora grunt suvlari ya`ni yog`ingarchilikka bo`lgan talabi ortadi. Ammo yog`ingarchilik kam yoqqani sabab, ular qurib boraveradi.

Oldingi tadqiqotlar ham dunyoning turli burchaklaridagi suv zahiralari kamayib borayotgani, bu esa qishloq xo`jaligiga salbiy ta`sir ko`rsatayotganini ko`rsatgan edi.

Olimlar guruhi Shimoliy Amazonka, Afrika, AQShning Missuri ko`li chqinidagi hududlarda ko`p yog`ingarchilik yog`ayotganini aniqladi.

Ular 2002-2014 yillar oralig`idagi tadqiqotlar natijasini o`rganib, shunday xulosa ga kelishdi.

Shu bilan birga xuddi shu vaqtda Yaqin Sharqdagi ayrim tumanlar, Shimoliy Afrika, Xitoy, Hindiston va AQShning janubiy-g`arbiy qismidagi hududlar esa quruqlashib bormoqda.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1