AsosiyJamiyat

Vanihoyat 1 apreldan Rossiya va O`zbekiston o`rtasida muntazam aviaqatnovlar tiklanadi

'Vanihoyat 1 apreldan Rossiya va O`zbekiston o`rtasida muntazam aviaqatnovlar tiklanadi'ning rasmi

Rossiya joriy yilning 1 aprelidan O`zbekiston , Germaniya, Venesuela, Suriya, Tojikiston va Shri-lanka bilan muntazam parvozlarni yo`lga qo`yadi. Bu haqda "ria.ru" xabar bermoqda .

"Muhokama natijasida alohida mamlakatlardagi vaziyatni hisobga olgan holda va Bosh vazir Mixail Mishustin bilan kelishilgan holda Venesuela (Moskva-Karakas haftasiga ikki marta), Suriya (Moskva-Damashq haftasiga bir marta), Tojikiston (Moskva-Dushanbe haftasiga bir marta), O`zbekiston (Moskva-Toshkent haftasiga bir marta) va Shri-Lanka (Moskva-Kolombo haftasiga bir marta) bilan o`zaro xalqaro reyslarni 2021 yil 1 apreldan boshlab davom ettirishga qaror qilindi", - degan Bosh vazir o`rinbosari Tatyana Golikova.

Shuningdek, 1 apreldan Germaniya aviasiya boshqarmasi bilan kelishgan holda Franfukt-Mayn – Moskva  – Franfukt-Mayn - haftasiga 5 marta, Franfukt-Mayn – Sankt-Peterburg – Franfukt-Mayn - haftasiga 3 marta, Moskva – Berlin – Moskva - haftasiga 5 marta va Moskva – Franfukt-Mayn – Moskva- haftasiga 3 marta yo`nalishida parvozlarni tiklashga kelishilgan.

    Boshqa yangiliklar