AsosiyJamiyat

Milliy palata «swisslab» bilan hamkorlikda aholi skriningi bo`yicha loyihani yo`lga qo`yadi

'Milliy palata «swisslab» bilan hamkorlikda aholi skriningi bo`yicha loyihani yo`lga qo`yadi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi va «SwissLab» tibbiy laboratoriyasi 6 ming kishi uchun laboratoriya tahlili o`tkazishni tashkil etdi.  Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Milliy palataning Hududlarni qo`llab-quvvatlash dasturi doirasida bir qator hududlar aholisi orasidan ijtimoiy yordamga muhtoj qismi bepul tashxislash paketlari (vaucherlar) bilan ta`minlandi. Mazkur paketlarga bemorlarni kardiologiya, urologiya va terapiya yo`nalishlari bo`yicha skrining tekshiruvidan o`tkazish uchun zarur bo`lgan laboratoriya tahlillari kiradi. 

Loyihaning dastlabki bosqichida tashxislash paketidan Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahar aholisi foydalanadi. Ishtirokchilar ro`yxati Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasining hududiy bo`linmalari tomonidan shakllantiriladi. 

«Bugungi kunda O`zbekiston Prezidenti tomonidan odamlarning kasalligini oldini olish maqsadida aholi salomatligi skriningiga alohida e`tibor qaratilgan. Bu haqda Shavkat Miromonovich 26 fevralda bo`lib o`tgan videoselektorda ta`kidlagandi. Qo`yilgan vazifani bajara turib, Milliy palata o`zining Hududlarni qo`llab-quvvatlash dasturi doirasida aholining skriningi masalasini, ayniqsa ijtimoiy ko`makka muhtoj aholi skriningi masalasini alohida nazoratga oldi», — deydi mazkur tizim rahbari Rovshan Izamov. 

«SwissLab» kompaniyasi (O`zbek-Shveysariya qo`shma korxonasi) mutaxassislari joriy yil mart-aprel oylari davomida 6 ming kishini laboratoriya tahlilidan o`tkazadi. Qo`shma loyiha eng avvalo yuqori sifatli skrining o`tkazishni maqsad qilgan. Chunki mazkur kompaniyaning laboratoriya tahlillari Evropa sifati standartlariga mos keladi. Va bu zarur sertifikat bilan tasdiqlangan.

Bu, o`z o`rnida, bemorlarni tashxislash darajasini ko`tarish, tashxis qo`yishda xatolar sonini kamaytirish, tibbiy statistikani yaxshilash, va umuman odamlarning mamlakatimiz sog`liqni saqlash tizimiga bo`lgan ishonchining ortishiga olib keladi. 

 

    Boshqa yangiliklar