Xalq ta`limi vazirligiga fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarda umumiy o`rta ta`lim muassasalarida onlayn tarzda ta`lim olayotgan o`quvchilar o`zlashtirish va bilimlarini baholashda an`anaviy tarzda o`qiyotgan o`quvchilarni pastroq baholash hollari uchrayotgani to`g`risida ma`lumotlar kelib tushmoqda.
Shuni inobatga olgan holda Xalq ta`limi vazirligi barcha hududiy boshqarmalardan onlayn ta`lim olayotgan o`quvchilarning baholarini sun`iy ravishda pasaytirilishiga yo`l qo`ymaslikni qat`iy talab qiladi.
Maktab o`qituvchilaridan o`quvchilarning bilim saviyasi va o`zlashtirish darajasini baholash jarayonida, ularning ta`lim olayotgan shaklidan qat`iy nazar o`quvchi bilimlari, ko`nikma va malakalariga baho haqqoniylik va ishonchlilik tamoyillariga rioya etgan holda baholashni ta`minlash talab etiladi.






