O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda Davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori (12- va 19-q/q -son, 24.03.2021 y.) bilan xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy taʼlim muassasalari reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan oliy taʼlim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ro‘yxat quyidagi xalqaro tashkilotlar reytingi asosida tuzildi:
- ARWU – The Academic Ranking of world Universities;
- THE – Times Higher Education;
- QS – Quacquarelli Symonds World University Rankings.
Reytingda birinchi 1000 ta o‘rinni egallagan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining taʼlim to‘g‘risidagi hujjatlarini nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi.
Qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan xalqaro tan olingan tashkilotlarning OTMlar reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan oliy taʼlim muassasalarining ro‘yxati 2021 yil uchun shakllantirilgan hamda navbatdagi reyting eʼlon qilingunga qadar amal qiladi.






