AsosiyJamiyat

Ayrim pensionerlarning oylik pensiya miqdori 10 foizdan 20 foizgacha oshiriladi

'Ayrim pensionerlarning oylik pensiya miqdori 10 foizdan 20 foizgacha oshiriladi'ning rasmi

Yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma`lumotlar taqdim etuvchi Huquqiy axborot kanali e`lon qilishicha, “Keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to`g`risida”gi Prezident Farmoni muvofiq, 2021 yil 1 apreldan:

 “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatining:

  •  rahbar va shifokorlar oylik lavozim maoshi 1,5 barobarga;
  •  o`rta va kichik tibbiyot xodimlari oylik lavozim maoshi 2 barobarga;
  • boshqa barcha xodimlar oylik lavozim maoshi 1,2 barobarga;
  •  Agentlik markaziy apparati xodimlarining oylik lavozim maoshi 1,5 barobarga, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo`limlari hamda Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi markaziy apparati va uning hududiy komissiyalari xodimlari oylik lavozim maoshi 1,2 barobarga;
  •  “Saxovat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida yashovchi yolg`iz pensionerlarga shaxsiy sarf-xarajatlari uchun kamida to`lanadigan oylik pensiya miqdori 10 foizdan 20 foizgacha oshiriladi.  

 Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida zamonaviy fizioterapiya bo`limi tashkil etiladi.  

 Shuningdek, 2021–2024 yillarda tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo`limlarida ishlovchi ijtimoiy xodimlarning oliy ma`lumot olishi uchun respublika OTMlarida maqsadli kvotalar ajratiladi.  

 2021 yil may oyidan “Saxovat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatidagi keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslarni har yili bir marta sanatoriylarda bepul sog`lomlashtirish tashkil etiladi.  

 2021 yil 1 apreldan “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida 1 nafardan kutubxonachi shtat birligi joriy etiladi.  

 

    Boshqa yangiliklar