AsosiyJamiyat

Chirchiq pedagogika instituti kafedra mudiri pora bilan ushlandi

'Chirchiq pedagogika instituti kafedra mudiri pora bilan ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIBBning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Chirchiq Davlat pedagogika instituti kafedra mudiri A.N. fuqaro U.ni ushbu institutning Jismoniy tarbiya fakulteti sirtqi bo`limiga o`qishga kiritib quyish evaziga 4 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 2 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar