AsosiyJamiyat

1000 dollar poradan bosh tortgan zangiotalik kadastr xodimi taklif qilingan poradan ortiq mablag` bilan mukofotlandi

'1000 dollar poradan bosh tortgan zangiotalik kadastr xodimi taklif qilingan poradan ortiq mablag` bilan mukofotlandi'ning rasmi

Departamentning Zangiota tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “E.” MChJ rahbari o`rinbosari jamiyatga tegishli issiqxona qurilishi uchun ajratilgan er maydonining topografik fotosuratini tasdiqlash evaziga “Er tuzish va ko`chmas mulk kadastri” Zangiota tuman filiali bo`limi boshlig`iga 1 000 AQSh dollari pora taklif qilib, bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Kadastr bo`limi boshlig`i o`ziga nisbatan pora taklif qilinayotganligi to`g`risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o`z vaqtida xabar berganligi va fuqaroning noqonuniy xatti-harakatlarini fosh etishda faol ishtirok etganligi inobatga olinib, Kadastr agentligi rahbariyati tomonidan 10 mln so`m pul mukofoti hamda Xonobod sihatgohiga 2 kishilik yo`llanma bilan rag`batlantirildi.

 

    Boshqa yangiliklar