AsosiyDunyo

Shvesiya AstraZeneca vaksinasini keksalar uchun qayta ishlata boshladi

'Shvesiya AstraZeneca vaksinasini keksalar uchun qayta ishlata boshladi'ning rasmi

Shvesiya rasmiylarining ta`kidlashicha (), AstraZeneca bilan emlangandan keyin keksa odamlarda jiddiy nojo`ya ta`sirlar sezilmagan va yana emlash jarayonini boshlagan. 

Mamlakatda 16 martda 65 yoshdan oshgan kishilar qonida tromblar paydo bo`lgandan keyin emlash jarayoni to`xtatilgan edi.

Shvesiya sog`liqni saqlash ma`muriyati ta`kidlashicha, keksa yoshdagi odamlarda vaksinadan keyin salbiy asoratlar kuzatilmagan.

"Sog`liqni saqlash vazirligi 65 yoshdan oshgan odamlarni kasallikdan himoya qilish uchun Shvesiyada AstraZeneca COVID-19 vaksinasini qayta ishlatishni tavsiya qiladi.", deyiladi xabarda.

"Vaksina keksalarga foyda keltiradi, ko`pchilik har kuni KOVID-19 bilan kasallanyapti. Keksalarda jiddiy va salbiy asoratlarning paydo bo`lishi kuzatilmadi", deb tushuntirdi bo`lim bosh direktori Yoxan Karlson.

Avvalroq, ehtiyot chorasi sifatida, bir qator mamlakatlar AstraZeneca vaksinasini emlanganlarda qon ivishining buzilishi sababli katta tomirlarda qon quyilishi haqidagi xabarlar tufayli foydalanishni to`xtatgan edilar. Keyinchalik ushbu dori bilan emlash qayta boshlashdi.

    Boshqa yangiliklar