AsosiyDunyo

Misrda poezdlarning to`qnashuvi oqibatida 30 dan ortiq kishi qurbon bo`ldi

'Misrda poezdlarning to`qnashuvi oqibatida 30 dan ortiq kishi qurbon bo`ldi'ning rasmi

Temir yo`llar ma`muriyatining xabar berishicha, poezdlarning to`qnashishiga noma`lum shaxslarning poezddagi to`xtash valfini bosgani sabab bo`lgan. Natijada ikkita vagon zarar ko`rgan, vagonlardan biri ag`darilgan. 32 kishi halok bo`lgan, 90 dan ortiq kishi yaralangan. Bu haqda RBK ma`lum qildi.

Oldingi poezd to`xtagan, ikkinchisi esa unga kelib urilgan.

Misr prezidenti Abdel Fattax as-Sisi voqeani tekshirish uchun komissiya tuzishni buyurdi. U o`z Facebook sahfasida halok bo`lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. As-Sisi Bosh vazirga va tegishli idoralarga jinoyatchilar javobgarlikka tortilishini va`da qilib, tergov jarayoni to`g`risida uni doimiy xabardor qilib borishlarini buyurdi.

    Boshqa yangiliklar