Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind ko`krak qafasidagi bezovtalik tufayli kasalxonaga joylashtirilgan.
"PTI“ axborot agentligi xabariga ko`ra, u Nyu-Delidagi ”Research and Referral" kasalxonasiga yotqizilgan.
Manbaga ko`ra, prezident bugun ertalab o`zini yomon his qila boshlagan. Ayni paytda u tekshiruvlardan o`tmoqda va shifokorlar nazorati ostida bo`lib turibdi. Tibbiyot muassasasi tomonidan prezidentning ahvoli barqarorligi bildirilib, boshqa tafsilotlar aytilmagan.
Mart oyi boshida Kovind koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini olgan edi.






