O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma`naviy-ma`rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, ta`lim tashkilotlarida madaniy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo`yicha quyidagi tartib joriy etiladi.
Unga ko`ra: har bir umumta`lim muassasasida joriy etilgan ijtimoiy-madaniy masalalar bo`yicha targ`ibotchi lavozimini moliyalashtirish uchun 2021 yil 1 apreldan boshlab davlat byudjeti mablag`lari hisobidan 0,5 shtat birligi ajratiladi hamda uning ish haqi miqdori umumta`lim muassasasi oliy ma`lumotli o`qituvchisi uchun o`rnatilgan bazaviy tarif stavkasi miqdorida belgilanadi;
davlat oliy ta`lim muassasalari va ularning filiallarida, talabalar sonidan qat`i nazar, yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektor (direktor o`rinbosari) lavozimi joriy etiladi. Bunda, oliy ta`lim muassasalarida mavjud yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor (direktor o`rinbosari) lavozimi qisqartiriladi.






