28-29 mart kunlari O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda "O`zgidromet" ma`lum qildi.
28-29 mart kunlari respublika hududi bo`ylab yomg`ir yog`ib, tog`li hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) kuzatiladi. Ba`zi joylarida kuchli bo`ladi. Momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
28-29 mart kunlari respublika hududlarida shamolning tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
29 martda havo harorati kechasi va kunduzi 6-11° iliqgacha pasayadi.






