AsosiyDunyo

AQSh Xitoyning Covid-19 bo`yicha JSST hisobotini tayyorlashda ishtirok etishidan xavotirda

'AQSh Xitoyning Covid-19 bo`yicha JSST hisobotini tayyorlashda ishtirok etishidan xavotirda'ning rasmi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Pekin koronavirus bo`yicha mavjud ma`lumotlarning birontasini o`z vaqtida oshkor qilmagani sababli Vashington chora ko`rishi kerakmi yoki yo`qmi degan savolga javob bermadi.

AQSh ma`muriyati Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan yangi koronavirus to`g`risida hisobot nashr etilishini kutmoqda, ammo uning tayyorlanishida Xitoy hukumati ishtirok etganidan xavotirda. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken kecha, 26 mart kuni CNN telekanali efirida aytib o`tdi.

"Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining hisoboti tez orada tayyor bo`ladi. Bizda hisobotni tayyorlash metodikasi, shu jumladan Pekindagi hokimiyat uni tuzishda yordam bergani borasida xavotirimiz bor", - dedi AQSh tashqi ishlar vazirligi rahbari.

26 mart kuni JSST koronavirusning kelib chiqish sababini aniqlash uchun yanvar-fevral oylarida Xitoyga tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar guruhining hisoboti bir necha kun ichida tayyor bo`lishini e`lon qildi.

    Boshqa yangiliklar