AsosiyJamiyat

Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo`lini qurish uchun qancha mablag` sarflanishi ma`lum qilindi

'Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo`lini qurish uchun qancha mablag` sarflanishi ma`lum qilindi'ning rasmi

AOKAda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi mas`ul xodimi Farrux G`afforov ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda pullik trassalarga oid ma`lumotlar berildi.

Toshkent-Andijon pullik avtomobil yo`lini qurish bo`yicha dastlabki texnik-iqtisodiy asoslar (DTIA) Jahon banki konsultantlari tomonidan ishlab chiqildi va 2020 yilda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishildi.  

 Loyiha bo`yicha “Investisiyadan oldingi tadqiqot” (Pre-investment study) ni o`tkazish bo`yicha konsultantni aniqlash ishlari boshlanish arafasida. Bir yildan ko`proq muddat davomida o`rganish ishlari o`tkazilgandan so`ng, xalqaro tender e`lon qilinadi. Shuningdek, o`rganish ishlari davomida aholidan mazkur loyihaga va yo`ldan foydalanish uchun to`lovga munosabati so`rovnoma orqali aniqlanadi.

Loyihalar bo`yicha hali qurilish ishlari boshlanmagan. Ikki bosqichli ochiq va shaffof tender asosida tanlangan xalqaro investor bilan DXSh to`g`risidagi bitim imzolangandan keyin qurilish ishlari boshlanadi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, loyiha umumiy qiymati 2 mlrd. AQSh dollaridan oshadi. 340 km. lik yo`l uchun umumiy qurilish davri qurilish ketma-ketligiga ko`ra 5-10 yilni tashkil etishi mumkin.

Jahon bankining dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, yo`ldan foydalanish narxlari engil avtomobil va engil yuk mashinalar uchun taxminiy narx 5 va 7 AQSh dollari, yuk mashinalari va avtobuslar uchun 15 AQSh dollari etib ko`rsatilgan.  

 DShX to`g`risidagi bitim taxminan 40 yil muddatga tuzilishi ko`zda tutilgan. Ushbu loyiha bo`yicha Prezident qarori qabul qilinishi ko`zda tutilgan bo`lib, mazkur qarorda yo`ldan foydalanuvchilar uchun narxlar o`zgarishi yoki to`lovninng ma`lum qismi subsidiya hisobiga qoplanishi yoxud yo`lning bepul bo`lishi va imtiyozga ega bo`lgan foydalanuvchilar ro`yxati shakllantirilishi masalalariga aniqlik kiritiladi.  

 

    Boshqa yangiliklar