AsosiyDunyo

Jozef Bayden Putin va Si Szinpinni iqlim bo`yicha muzokaralarga taklif qildi

'Jozef Bayden Putin va Si Szinpinni iqlim bo`yicha muzokaralarga taklif qildi'ning rasmi

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Xitoy rahbari Si Szinpinni iqlim bo`yicha muzokaralar o`tkazishga taklif etdi, deb ma`lum qiladi Associated Press Oq uy rasmiylari bergan ma`lumotga tayanib.

Sammitda ko`riladigan masalalarning tafsilotlari hozircha noma`lum. Agentlikning ta`kidlashicha, gap Bayden prezident bo`lgandan buyon ushbu masalada birinchi bor oliy darajada keng qamrovli muzokaralar o`tkazish haqida bormoqda.

Jo Baydenning bayonot berishicha, u hozircha ushbu masalani rossiyalik va xitoylik hamkasblari bilan muhokama qilgani yo`q.

Avvalroq AQSh 22-23 aprel kunlari onlayn-formatda iqlim muammolariga bag`ishlangan xalqaro sammit o`tkazishni rejalashtiriyotgani haqida xabar berilgan edi. AQSh hukumatining ma`lum qilishicha, tadbir atrof muhitga zararli chiqindilarni chiqarishni kamaytirish masalalariga bag`ishlanadi.

    Boshqa yangiliklar