AsosiyJamiyat

Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o`zgardi

'Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori o`zgardi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirining ma`lum qilishicha,  Ashurov Zarifjon Sharifovich Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Unga markaz faoliyati va aholiga tibbiy xizmat ko`rsatish sifatini oshirish, narkologik kasalliklar sohasidagi profilaktika, diagnostika va davolash ishlarida eng ilg`or innovasion texnologiyalarni tatbiq etish, nufuzli  xorijiy tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish, tizimda axborotlarning faol almashinuvini ta`minlash singari qator vazifalar yuklatildi.  

43 yoshli tibbiyot fanlari doktori, professor Z. Ashurov ayni paytgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi Psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

 

    Boshqa yangiliklar