Kun hikmati

Mutolaa 22.02.2016, 10:29
Kun hikmati

ONA YuRT

Baland-baland tog`larda
Bekorlarga qor bo`lmas.
Chirqiragan polapon
Bejiz bir kun sor bo`lmas.
Bo`talari izidan
Kelmasa gar nor bo`lmas,
Yurting — sening yuzingdir,
Yurtning o`zi bor bo`lmas.

Olamga boq — qancha bog`,
Qancha gulu chamandir.
Bir tomoni Chin-Mochin,
Bir tomoni Yamandir.
Bir jism — jonu tandir,
Vatan bitta Vatandir,
Qayon borsang — onangday
Yo`llaringga zor bo`lmas.

O`zingniki shu gulshan
Yo kuyinsang yo suysang.
Dil ko`ziga joylashtir
Hillolarin “yo” sin san,
Atlaslibos bir yorning
Zulflariga osilsang,
Bu dunyoda bo`yningga
Bundan go`zal dor bo`lmas.

Oq havoga burkanmish
Ariqlarning bo`ylari.
Sog`inch bo`lib taralmish
Singillarning o`ylari.
Bunda — ko`ngling to`ylari,
Bunda — ko`ngling kuylari,
Teragingday yor bo`lmas,
Tolingday dildor bo`lmas.

Nom qoldirsang, izingdan
Shavkat ham shan qoldirsang.
Tuprog`iga oringni
Sen tan-batan qoldirsang,
Har bir o`g`il-qizingga
Erku Vatan qoldirsang,
Mardlar mingan otlaring
Nomardlarga xor bo`lmas. 

Sirojiddin Sayyid,
O`zbekiston Xalq shoiri

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1