AsosiyJamiyat

Pullik trassalarni qurish uchun davlat byudjetidan mablag` ajratilmaydi

'Pullik trassalarni qurish uchun davlat byudjetidan mablag` ajratilmaydi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi mas`ul xodimi Farrux G`afforov ma`lum qildi.

Toshkent-Samarqand pullik avtomobil yo`li bo`yicha Evropa tiklanish va taraqqiyot banki konsultantlari bilan bitim imzolandi va hozirda o`rganish ishlari davom etmoqda.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, loyiha umumiy kapital xarajatlari taxminan 1,5 mlrd. AQSh dollaridan oshadi. 300 km.lik yo`l uchun umumiy qurilish davri  qurilish ketma-ketligiga ko`ra 5-8 yilni tashkil etishi mumkin.  

Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, yo`ldan foydalanish narxlari engil avtomobil va engil yuk mashinalar uchun taxminiy narx 5 va 7 AQSh dollari,  va yuk mashinalari va avtobuslar uchun 15-20 AQSh dollari etib ko`rsatilgan.  

DShX to`g`risidagi bitim taxminan 30 yil muddatga tuzilishi ko`zda tutilgan.  

 Loyihani moliyalashtirish davlat byudjetidan emas, asosan, xususiy sherik, ya`ni xorijiy investor tomonidan amalga oshiriladi.

️Shuni ta`kidlash lozimki, hali mazkur loyihalar bo`yicha aniq belgilangan marshrut va narxlar mavjud emas. So`nggi tasdiqlangan raqamlar Hukumat va investorlar o`rtasida tuziladigan kelishuv asosida aniq bo`ladi. Aytilgan raqamlar xalqni amalga oshirilishi mumkin bo`lgan loyihalar bo`yicha umumiy tushunchaga ega bo`lishi uchun ma`lum qilindi.  

Xalqaro tajribaga ko`ra, pullik yo`l qurilganda odatda aholi uchun bepul alternativ yo`l saqlanib qoladi.

    Boshqa yangiliklar