1

Ijtimoiy tarmoqlarda "Samarqandda sher bolasi topib olindi" deya tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi (video)

Jamiyat 27.03.2021, 18:31
Teglar: ​Samarqand, Sher
Ijtimoiy tarmoqlarda "Samarqandda sher bolasi topib olindi" deya tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi (video)

Bugun, 27 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahri yo`llarida sher bolasi topib olingani haqida xabarlar tarqaldi.

Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko`ra, tarqalgan videolarda aks etgan sher bolasi topib olinmagan, balki ushlab qolingan.

“Gap shundaki, Samarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda viloyat IIB hamkorligida o`tkazilayotgan reyd davomida Qashqadaryodan Andijonga harakatlanayotgan avtomashina tekshirilganda, unda sher bolasi olib ketilayotgani aniqlangan. 

Viloyat ekologiya boshqarmasi mutaxassislarining sher bolasining qaerdan, nima uchun olib ketilayotgani haqidagi savollariga haydovchi aniq javob bera olmasdan, hujjatlarni taqdim qilmagan. Sal o`tmay esa “hujjatlarni olib kelaman”, deb sher bolasini tashlab qochib ketgan”, deyiladi ma`lumotda.

Bildirilishicha, shundan so`ng olib borilgan tezkor tadbirlar davomida haydovchi ushlangan va ayni paytda dastlabki surishtiruvlar olib borilmoqda. 

Sher bolasi Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasida o`rnatilgan tartibda vaqtincha saqlanmoqda. Qo`shimcha ma`lumotlar taqdim etilishi aytilgan.

Sharhlar

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX xodimlari ishdan bo`shatildi

02.05.2024, 16:46

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX inspektorlari ichki ishlar organlari safidan bo`shatildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, inspektor mashinani to`xtatgan va haydovchidan...
Samarqandda Sobalt haydovchisi maktab o`quvchisini urib yubordi

01.05.2024, 14:46

Joriy yilning 29 aprel kuni soat 17:00 atrofida Samarqand shahar O`zbekiston ko`chasida Cobalt avtomashinasi haydovchisi, yo`lning belgilanmagan qismidan o`tayotgan voyaga etmagan 2009 yilda tug`ilgan 8...
Samarqandda 31 yoshli ayol o`zi bilan ishqiy munosabatda bo`lib yurgan erkakni videolarini xotiniga ko`rsatish bilan qo`rqitib, 15 ming AQSh dollari talab qildi (video)

17.04.2023, 13:04

Pastdarg`om tumanida 31 yoshli ayol 33 yoshli erkakdan tovlamachilik yo`li bilan pul talab qildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, erkak...
"Restoran ishchilaridan tortib IIB kapitanigacha..." Samarqandda bloger ichib olib "tomosha" ko`rsatdi

14.02.2023, 13:35

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi mahalliy blogerlardan biri mast holatda restoranda janjal ko`targani, ishchilarga kuch ishlatishga uringani, shuningdek, ichki ishlar xodimlarini haqorat qilganligi aks etgan video tarqaldi....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1