AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 8 sinf o`quvchisini zo`rlagan shaxs javobgarlikka tortilmasligi ma`lum qilindi. Chunki...

'Qashqadaryoda 8 sinf o`quvchisini zo`rlagan shaxs javobgarlikka tortilmasligi ma`lum qilindi. Chunki...'ning rasmi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan video tasvir yuzasidan munosabat. “Qashqadaryoda 8-sinf o`quvchisi homilador bo`ldi. Qizning onasi voqeada o`z qarindoshlarini ayblamoqda” sarlavhali maqola chop etilgan.

Unda Qamashi tumani, Chim mahallasida joylashgan maktab o`quvchisi C.C. 2019 yil 8-sinfda tahsil olayotgan paytda o`zining tengdoshi N.Sh bilan jinsiy aloqa qilib, homilador bo`lib qolgani, jinoyat sodir etgan shaxs oradan shuncha vaqt o`tgan bo`lsa ham jazoga tortilmaganligi bayon qilingan.Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan 2020 yil 6 mart kuni Jinoyat kodeksining 128-moddasi (O`n olti yoshga to`lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Tergov davomida, N.Sh ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan paytda jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo`lgan yoshga to`lmaganligi sababli, JPKning 84-moddasini 1-qismi 7-bandiga ko`ra ayblilik to`g`risidagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishini harakatdan tugatilgan.

Boshqa yangiliklar