Toshkent va Samarqand viloyatlarida 2021 yil 1 iyunga qadar profilaktika inspektoriga masofadan turib murojaat yuborish va uni ko`rib chiqish jarayonini kuzatib borish imkonini beruvchi «Smart mahalla» axborot dasturi ishga tushiriladi.
Mazkur axborot dasturi 2021 yil yakunigacha respublikaning boshqa hududlarida ishga tushiriladi.
Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida quyidagilar tashkil etildi:
▪️ Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi, Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi, Tezkor-qidiruv hamkorligi boshqarmasini o`z ichiga oladigan Tezkor-qidiruv departamenti;
▪️ Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Probasiya xizmatini o`z ichiga oladigan Jamoat xavfsizligi departamenti;
▪️ Xavfsiz turizmni ta`minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasini o`z ichiga oladigan Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti;
▪️ Kadrlar bosh boshqarmasi, Ma`naviy-ma`rifiy ishlar boshqarmasi, kasbiy tayyorgarlik boshqarmasini o`z ichiga oladigan Ma`naviy-ma`rifiy ishlar va kadrlar bilan ta`minlash departamenti;
▪️ Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi;
▪️ Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi.
Shuningdek, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti etib qayta tashkil etildi.
Hududiy ichki ishlar organlarining tuzilmasida ichki ishlar organlari boshliqlarining jamoat tartibini saqlash bo`yicha, probasiya va jazoni ijro etish masalalari bo`yicha o`rinbosari, huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi (bo`limi) boshlig`i lavozimlari tugatildi.