AsosiyJamiyat

Kecha o`nta hududda 194 nafar kishi koronavirusni yuqtirib olgani aniqlandi. 1 nafar virus bilan xastalangan bemor vafot etdi

'Kecha o`nta hududda 194 nafar kishi koronavirusni yuqtirib olgani aniqlandi. 1 nafar virus bilan xastalangan bemor vafot etdi'ning rasmi

2021 yil 27 mart holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 82340 (+194) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV ma`lum qildi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 2 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 10 nafari Samarqand viloyatida,
  • 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 16 nafari Toshkent viloyatida,
  • 152 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

Shuningdek,  1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 626 nafarga etdi.

️Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 6 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 7 nafar,
  • Xorazm viloyatida 6 nafar,
  • Toshkent viloyatida 15 nafar,
  • Toshkent shahrida 129 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 80523 (+163) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

 

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1191 nafar bemordan 191 nafari og`ir, 85 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

 

    Boshqa yangiliklar