2021 yil 21 mart kuni voyaga etmagan 2005 yil tug`ilgan, Toshkent viloyati Toshkent tumanning Keles shahrida yashovchi K.Sh. Keles shahrida joylashgan kompyuter o`yinlari xonasida kompyuter o`ynab o`tirib, o`ynash uchun puli tugab qoldi.
IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasining xabariga ko`ra, o`smir bolaga yana o`yin o`ynash uchun 10.000 ming so`m pul kerak bo`ldi. Shunda u o`ylab o`tirmasdan to`g`ri o`yin xonadan chiqib, temir yo`l relslari yoniga borib shu erga o`rnatilgan bir ta narxi 1460960.00 so`m bo`lgan kabel muftalarini bog`lab turuvchi qurilma qutini erdan sug`urib oldi va olib ketmoqchi bo`ldi.
Lekin qutini ichidagi simlar unga xalaqit qildi. Simlarni kesib tashlash niyatida shu yaqin orada yashovchi tanishi 2004 yil tug`ilgan U.K.dan yordam so`radi. Ikki tanish qo`llarida bolta bilan temir yo`l ustiga chiqib qutini va umumiy narxi 624565.00 so`m bo`lgan boshqa bir qutini buzib olishdi hamda shu yaqin oradagi ikkilamchi qora metalllarni qabul qilib olish punktiga borishdi. Punkt qorovuli ushbu qurilmalarni 28 kilogramm chiqqanligini va narxi 41 ming so`m bo`lishi pulini esa ertasi kuni berishini aytdi.
Ushbu holat yuzasidan "Keles" bekatida sohaviy xizmat xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor profilaktik tadbir natijasida bolalarning qing`ir ishlari o`z vaqtida fosh etildi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan voyaga etmaganlarning qonuniy vakillariga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko`rish uchun Toshkent viloyati voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha idoralararo Toshkent tumani komissiyasiga yuborildi.
Endi voyaga etmaganlarni ota-onalari farzandlari tomonidan “Toshkent signallashtirish va aloqa distansiyasi” korxonasiga etkazilgan 946886.32 so`m zararni to`lash va Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 47-moddasidagi huquqbuzarlik yuzasidan javob berishi kerak bo`ladi.






