AsosiyJamiyat

To`rtko`lda 10 gektar erni 30 million so`mga olib bermoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

'To`rtko`lda 10 gektar erni 30 million so`mga olib bermoqchi bo`lgan firibgar ushlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi hamda DXX Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari hamkorligida fuqaro X.S. ning arizasiga asosan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida yana bir firibgarlik jinoyati fosh etildi.

Bu haqda Departamentning Koraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi matbuot xizmati O`zA muxbiriga ma`lum qildi.

Fuqaro X.N. ariza muallifining ishonchiga kirib, unga 30 million so`m evaziga bog`dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish uchun To`rtko`l tumani hududidan 10 gektar er maydonini olib berishni va`da qilgan. Natijada 2021 yil 23 mart kuni To`rtko`l tumani Yoshlik mahalla fuqarolar yig`ini hududida ariza muallifi X.S.dan 30 million so`m pulni firibgarlik yo`li bilan olayotgan vaqtida ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Koraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan fuqaro X.N.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasiga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar