AsosiyJamiyat

Sanjay Sherali Jo`raevning qo`shig`ini ruxsatsiz kuylagani uchun ma`muriy javobgarlikka tortildi

'Sanjay Sherali Jo`raevning qo`shig`ini ruxsatsiz kuylagani uchun ma`muriy javobgarlikka tortildi'ning rasmi

Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Sanjay tahallusi bilan ijod qilayotgan Djavberdiev Sanjar O`zbekiston xalq artisti Sherali Jo`raevning qo`shiqlari matnini huquq egalarining ruxsatisiz o`zgartirgan holda ijro etgani sababli Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga chaqirtirilgani haqidagi video yozuvlar tarqalgan edi.  

Sababi, Intellektual mulk agentligi Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotning murojaati asosida S.Djavberdiev tomonidan she`r muallifi U.Azimov hamda O`zbekiston halq artisti Sh.Jo`raev ijrosidagi “Karvon” nomli qo`shig`ini va she`rini  asar yaxlitligini buzgan holda mualliflarning roziligisiz ijro etilgan holatlarni aniqlagan hamda Sanjayga nisbatan Ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli chora ko`rish uchun sudga kiritilgan.

️Intellektual mulk agentligining ma`lum qilishicha, Va nihoyat, 2021 yil 9 mart kuni Navoiy viloyati Jinoyat ishlari bo`yicha Navoiy shahar  sudi tomonidan xonanda  Sanjar Djavberdiev (Sanjay)ga nisbatan O`zR MJtK 177-(1)-moddasi birinchi qismi bo`yicha jarima jazosi tayinlandi.

️“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonunning 62-moddasiga asosan mualliflarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish, huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar ob`ektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish hisoblanadi.

Qonunning tegishli moddalarida muallif huquqlari aniq keltirilgan. Xususan, ijrochilar o`z huquqlarini ijro etiladigan asarlar mualliflarining huquqlariga rioya etgan holda amalga oshirishlari kerak.

️Agentlikning eslatishicha, O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida “cover” ijro tushunchasi kiritilmagan. Xorijiy davlatlarda “cover” ijro mavjud. Bu bo`yicha taraflar shartnoma asosida faoliyat yuritishadi. Ya`ni o`zganing asarini cover sifatida ijro qilmoqchi bo`lgan ijrochi muallifdan ruxsat so`ragan holda shartnoma tuzishi hamda shartnoma bo`yicha huquq egasiga mualliflik haqini to`lashi lozim.

    Boshqa yangiliklar