AsosiyJamiyat

Toshkentda besoqolbozlarga qarshi miting o`tkazildi (video)

'Toshkentda besoqolbozlarga qarshi miting o`tkazildi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarga bugun Toshkentda besoqolbozlarga qarshi provakasion miting o`tkazilgani aks etgan video lavhalar joylashtirildi. Mitingga  besoqolbozlik tarafdorlari huquqlarini himoya qilish uchun "Amir Temur xiyoboni"da to`planishlarini ma`lum qilgani sabab bo`lgan.

 

Aytilishicha, mitingda 100 ga yaqin namoyishchi ishtirok etgan. Odamlar to`plangan hududga ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari, maxsus avtomobillar va avtobuslarda kelib 70 ga yaqin ishtirokchilarini olib ketgan. 

 

" – Tartibbuzarlarga tegishli chora ko`rilishi aniq, lekin masala boshqa tomonda... Bu oddiygina tartibni buzish emas. Bu millat qadriyatlari va jamiyatning fundamental ustunlariga mayda-mayda, lekin yirik niyatlar bilan urilayotgan zarbadir. Bugungi holat Jinoyat kodeksining 120-moddasini yanada kuchaytirishga ehtiyoj borligini yaqqol ko`rsatdi.  

Modda besoqolbozlik, LGBT g`oyalarini har qanday shaklda targ`ib qilishni ta`qiqlashi kerak. Albatta, jazo juda yumshoq. Bu modda sanksiyalari majburiy davolash, ozodlikdan mahrum etish, mamlakat fuqaroligini bekor qilish, mamlakatdan badarg`a qilishgacha ko`zda tutishi kerak.  

O`zbekiston xalqi sizdeklar bilan bir davlatda yashashni istamasa buni qonunda aks etishi kerakligi juda ham tabiiy holat.  

Terrorchilardek g`urursizlarning ham millati bo`lmaydi!  

SIZLARNI RAD ETAMIZ!  

O`zbekiston sizdeklar yashay olmaydigan yurt bo`lishi uchun hamma narsani qilamiz.  

MILLATIMIZGA OQ BO`LING, ShARAFSIZLAR!", – deydi hodisaga o`z munosabatini bildirgan O`zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov. 

Avvalroq, Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkiloti rasmiy Toshkentga mamlakat Jinoyat kodeksidan 120-modda – besoqolbozlikni chiqarib tashlash va jinoiy javobgarlikni bekor qilishni so`rab murojaat bilan chiqqan.

 

    Boshqa yangiliklar