1

«TOMIR KENGAYIShI TUG`RUQQA TA`SIR ETADIMI?»

Salomatlik 22.02.2016, 17:04
«TOMIR KENGAYIShI TUG`RUQQA TA`SIR ETADIMI?»

Homiladorlikning uchinchi uch oyligidaman. Bir necha kunlardan buyon qovuqning pastki qismida og`riq sezayotgandim. Shifokorga uchrashsam, ushbu a`zoda vena qon tomirining kengayishi borligi aniqlandi. Shunaqasi ham bo`ladimi, degancha buyurilgan muolajani bajarayapman. Biroq havotirim bor, bu holat tug`ruq vaqti muammo bo`lmasmikan? 

Ozoda, Toshkent viloyati 

Savolga oliy toifali akusher-ginekolog Nilufar BO`STONOVA javob beradi: 

Homilador ayol organizmida tug`ruqqa qadar turli o`zgarishlar sodir bo`lishidan xabaringiz bor. Og`ir yuk ko`tarish, vena devorlarining tug`ma sustligi, homilali bachadonning ta`sirida kichik chanoq venalarida qon dimlanib, varikoz kengayish kelib chiqishi shular jumlasidandir. Jinsiy a`zodagi vena tomirining kengayishi odatda homiladorlikning so`nggi uch oyligida yuz berib, engil, o`rta va og`ir darajalarga bo`linadi. Shifokor ko`rigidan o`tgan bo`lsangiz, demak, zarur muolaja belgilangan. Qo`shimcha tarzda, tug`ruqqacha taqiladigan bandajlarni tavsiya etgan bo`lardim. Shu bilan birga organizmni  zo`riqtirmaslikka  diqqat qiling. Kengaygan vena tomiri engil yoki o`rta darajada bo`lsa, tug`ruq jarayonlari tabiiy yo`l bilan o`tkaziladi. Bordi-yu vena tomirining kengayishi og`ir darajada bo`lib, og`riq bilan kuzatilayotgan bo`lsa, kesarcha kesish usuli qo`llanilishi ham mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1