AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ommaviy emlash tadbirlari 1 apreldan boshlanadi

'O`zbekistonda ommaviy emlash tadbirlari 1 apreldan boshlanadi'ning rasmi

O`zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayoniga tayyorgarlik ishlari oxiriga etkazilmoqda. Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati  rahbari o`rinbosari Nurmat Atabekov SSV Matbuot xizmatiga mazkur jarayonlarning borishi haqida ma`lumot berdi. 

—  O`zbekistonda koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlari 2021 yilning 1 aprelidan boshlanadi, — dedi Nurmat Atabekov. —  Birinchi galda 65 yoshdan yuqori yoshda bo`lgan shaxslar va tibbiyot xodimlari emlanishi rejalashtirilmoqda. Albatta, bunda tibbiyot xodimlarining barchasi emas, aynan koronavirus kasalligiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lish orqali kasallikni yuqtirib olish ehtimoli yuqori bo`lgan tibbiyot xodimlar, xususan:

  • Koronavirusni davolashga ixtisoslashgan maxsus shifoxonalar;
  • Tez tibbiy yordam tizimi;
  • Shoshilinch tibbiy yordam tizimi;
  • Yuqumli kasalliklar shifoxonalari;
  • Koronavirus tashhisoti laboratoriyalari;
  • Birlamchi bo`g`in, ambulatoriya va poliklinika xizmati xodimlari emlanishi kutilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar